» » Mudofaa vazirligi harbiy qism mutaxassisi “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Mudofaa vazirligi harbiy qism mutaxassisi “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti bilan taqdirlandi


Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 28-iyunda qabul qilingan “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligi harbiy qism mutaxassisi Behzod Xolyigitov ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 2017-yil 5-iyulda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonni, shuningdek, 2017-yil 21-noyabrda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirildi.

“Kamtarona xizmatlarim uchun davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlanganimdan xursandman. Men bolalikdan harbiy bo‘lishni orzu qildim. Vatanimning manfaatlarini har qayerda, har qanday sharoitda bor kuchim bilan himoya qilaman. Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati hokimi ‘Mard o‘g‘lon’ davlat mukofoti, diplom va Prezidentimizning sovg‘asi – qimmatbaho qo‘l soatini, ota-onamga esa ‘Tashakkurnoma’ taqdim etdi. Oilamiz xursandchiligini so‘z bilan ifodalay olmayman. Ushbu mukofot yana bir – Qurolli Kuchlar akademiyasiga tahsil olish orzumning ushalishiga zamin yaratdi”, — deydi Behzod Xolyigitov.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura boskichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. Mukofotga talabgorlar O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning natijalariga ko‘ra Komissiya tomonidan O‘zbekiston Prezidentiga takliflar kiritiladi. Davlat mukofoti bilan taqdirlash O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi va unga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют