» » Samarqandda besh yulduzli mehmonxona quriladi

Samarqandda besh yulduzli mehmonxona quriladi


Samarqandda Turkiyaning APЕAC kompaniyasi bilan hamkorlikda loyiha qiymati 20 million dollarni tashkil etadigan besh yulduzli mehmonxona quriladi. Bu haqda turizmni rivojlantirish bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari Munis Voseyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Samarkandskiy vestnik”.

Bugungi kunda uning qurilishi uchun joy ajratilgan va ushbu hududdagi binolarni baholash ishlari olib borilmoqda. Ular buzilib, qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanadi.

Shuningdek, “Afrosiyob” mehmonxonasini “Registon KFT” xorijiy korxonasiga sotish ko‘zda tutilgan. Hozirda ushbu loyiha o‘rganilmoqda.

Samarqand tumanida xorijiy sayyohlarga sog‘lomlashtirish va profilaktika xizmatlarini ko‘rsatuvchi obyektlar barpo etilmoqda. Bu yerda mehmonxonalar, kottejlar va madaniy hordiq chiqarish joylari o‘rin oladi. Ishlar “Original Maks Lyuks” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Janubiy Koreyaning “Yangon korporeyshn” kompaniyasi tomonidan esa sayyohlar uchun tibbiy markaz, tarixiy liboslar teatri va restoran-mehmonxona majmuasi quriladi. Hozirgi kunda “El merosi” teatri atrofidagi binolar buzilmoqda. Yangi obyektlar uchun 1,6 gektar maydon bo‘shatiladi. Binolarni kelasi yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatida joriy yilgi sayyohlik mavsumida 350 ming xorijiy va 1 million 650 ming nafar mahalliy sayyohga xizmat ko‘rsatilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют