» » Skarlett Yoxansson Qo‘g‘irchoqbozga qarshi: “Aslahali arvoh”ning ikkinchi treyleri chiqdi

Skarlett Yoxansson Qo‘g‘irchoqbozga qarshi: “Aslahali arvoh”ning ikkinchi treyleri chiqdi


Paramount Pictures studiyasi bosh rolini aktrisa Skarlett Yoxansson ijro etgan “Aslahali arvoh” filmining ikkinchi treylerini chiqardi, deya xabar bermoqda Meduza.

“Aslahali arvoh” — yaponiyalik Masamune Sironing 1991-yilda chiqqan shu nomli mangasi ekranizatsiyasidir.

Yoxansson filmda Jamoat xavfsizligi vazirligi mayori, kiborg Motoko Kusanagi rolini o‘ynagan. Unga Qo‘g‘irchoqboz laqabli xakerni topish va yo‘q qilish buyurilgan. Kusanagi uni ko‘rinmas qilib qo‘ya oladigan termooptik libosga ega bo‘ladi.

Filmda, shuningdek, Maykl Pitt, Jyulett Binosh va Takeshi Kitano ham suratga tushgan. Kartina rejissori — Rupert Sanders.

“Aslahali arvoh”ning MDH mamlakatlaridagi premyerasi 2017-yil 30-martida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-02-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют