» » Tailandda kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 40 kishi vafot etdi

Tailandda kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 40 kishi vafot etdi


Tailanddagi Pxuket oroli yaqinida “Feniks” turistik kemasining halokatga uchrashi oqibatida kamida 40 kishi vafot etdi. Bu haqda Tailandning The Nation gazetasi tomonidan 6-iyul, juma kuni berilgan ma’lumotga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Halokat oqibatida 16 kishi bedarak yo‘qolgan.

“Feniks” kemasi noqulay ob-havo sharoitlari to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramasdan, reysga chiqqan va kuchli bo‘ronga duch kelgan. Kema bortida jami 105 kishi bo‘lgan. Xususan, ulardan 93 kishi turistlar edi. Turistlarning asosiy qismi Tailand va Xitoydan kelgan. Shuningdek, kema bortida 12 nafar ekipaj a’zosi ham bo‘lgan.

5-iyul, payshanba kuni Pxuket oroli qirg‘oqlarida bir nechta halokat yuz bergan. “Feniks”, xitoylik va yevropalik turistlar bo‘lgan “Tay tunayt” kemalari, shuningdek, Rossiyaning 2 nafar fuqarosi ketayotgan suv motosikli halokatga uchragan. “Feniks”dan keyingi halokatlar oqibatida hech kim vafot etmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 42) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют