» » O‘zbekiston va Indoneziya kauchukni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Indoneziya kauchukni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik qiladi


O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Indoneziya kauchuk ishlab chiqaruvchilari uyushmasi “Garkindo” raisi Moenarji Soyedargo bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Muzokaralar davomida Indoneziya ishbilarmonlariga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sarmoyaviy muhit haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda tabiiy kauchukdan foydalanadigan korxonalar faoliyati tanishtirildi. Xususan, avtoshinalar va konveyer tasmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Angren rezinotexnika mahsulotlari zavodi bilan hamkorlik qilish istiqbollari muhokama etildi.

Tabiiy kauchukning mintaqamizda yetishtirilmasligini inobatga olgan holda bu mahsulotni O‘zbekistonga keltirish va qayta ishlash nafaqat ichki talabni qondirish, balki mintaqaning boshqa davlatlariga reeksport (qayta eksport) qilish imkonini yaratadi.

Shunday qilib, Indoneziyaning tabiiy kauchuk asosida rezinotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo va MDH davlatlariga eksportni amalga oshirishi mumkin.

“Hozirgi kunda O‘zbekiston Indoneziya uchun an’anaviy bozor emas, biroq kelajakda bizning ishbilarmonlarimiz uchun bu davlat bozori istiqbollidir. O‘zbekistonning geografik joylashishi va yaratilgan qulay sarmoyaviy muhitni inobatga olgan holda yaqin orada faoliyatimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimizga aminman. O‘zbekiston biz uchun Indoneziyani Markaziy Osiyo bilan bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik bo‘ladi ”, — deydi M.Soyedargo.

Muzokaralar yakunida Indoneziyaning kauchukni qayta ishlash korxonalari hamda kauchuk plantatsiyalariga “O‘zkimyosanoat” AJ va Angren rezinotexnika zavodi delegatsiyalarining tashrifini tashkillashtirishga kelishildi.

Ma’lumot uchun

Hozirgi kunda Indoneziyada dunyodagi eng katta (3,6 million gektar) kauchuk plantatsiyalari mavjud bo‘lib, yiliga 3,5 million tonna tabiiy kauchuk yetishtiriladi. Indoneziya Tailand bilan bir qatorda tabiiy kauchuk yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют