» » O‘zbekiston avval foydalanilgan traktorlarni import qiladi

O‘zbekiston avval foydalanilgan traktorlarni import qiladi


O‘zbekiston 2019-yildan olti turli modifikatsiyadagi avval foydalanilgan traktorlarni import qila boshlaydi. Bu haqda Prezidentning O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida so‘z yuritiladi, deb yozadi “Kommersant.uz”.

Bunda yarimpritseplar uchun g‘ildirakli trakorlar, qishloq xo‘jalik ishlari uchun 18 kVTdan ortiq bo‘lmagan, 18 kVT va 37 kVTdan ortiq traktorlar, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi uchun dvigatel quvvati 90 kVT va 130 kVTdan ortiq bo‘lgan yangi va avval foydalanilgan sudrovchi traktorlarni (skidderlar) import qilish ko‘zda tutilmoqda. Import qilinuvchi texnikaning barcha turi uchun 20 foiz miqdordagi aksiz solig‘i stavkasi belgilangan.

Qarorda ta’kidlanishicha, hozirgi paytda mamlakatda amalda bo‘lgan bojxona-tarif tartibga solish tizimi raqobatning bozor tamoyillarini rivojlantirishni rag‘batlantirmaydi. Xususan, chetdan keltirilayotgan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha haddan tashqari keng imtiyozlarning taqdim etilishi samarali tarif tartibga solish uchun xizmat qilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют