» » Qoraqalpog‘istonda “Qozog‘iston ta’limi kunlari” o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda “Qozog‘iston ta’limi kunlari” o‘tkazildi


Nukus shahrida Qozog‘iston Respublikasining o‘ndan ortiq yetakchi oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirokida “Qozog‘iston ta’limi kunlari” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Qozog‘istondagi oliy o‘quv yurtlarida talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ko‘rgazma tashkil qilindi.

Tadbir doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida ham soha vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda Qozog‘istonning 12 oliy ta’lim muassasasidan kelgan professor-o‘qituvchilar o‘zlari faoliyat olib borayotgan o‘quv yurtlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘istondagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan ilm-fan, ta’lim sohasida hamkorlikda ishlash bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

Ayni paytda Nukusda Qozog‘istondagi qator oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan o‘zbekistonlik abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 20:57)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют