» » O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov “Lokomotiv”ni tark etmaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov “Lokomotiv”ni tark etmaydigan bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Moskvaning “Lokomotiv” klubini tark etmaydigan bo‘ldi.

Avvalroq “Lokomotiv”ning chempionlikka erishgan mavsumida asosiy tarkibda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmasligi haqida qaror qilingani aytilib, uning jamoada qolish ehtimoli juda past baholangandi.

Ammo Moskva “temiryo‘lchilari” Denisov bilan yangi kelishuvga erishdi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi. Unga ko‘ra Vitaliy “Lokomotiv” safida yana bir yil to‘p suradigan bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda 31 yoshli futbolchi jarohatlar sabab Rossiya chempioni tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra Denisovning transfer narxi 4 million yevroga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют