» » Rossiyada iyun oyida birorta Ravon avtomobili sotilmadi

Rossiyada iyun oyida birorta Ravon avtomobili sotilmadi


Rossiyada joriy yil iyun oyida birorta Ravon avtomobili sotilmadi. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining navbatdagi hisobotida ko‘rsatilgan, deya xabar beradi Sputnik.

O‘tgan yil iyun oyida jami 1239 dona avtomobil sotilgan edi.

Hisobotga ko‘ra, 2018-yil 5 oyida jami 5 184 ta Ravon (2017-yil shu davrda 4 946) brendidagi mashinalar sotilgan.

Rossiya bo‘yicha 2018-yil yanvar — iyun oylarida jami 849 221 dona (2017-yil shu davrda 718 600 dona) avtomobil sotilgan, ko‘rsatkich 18,2 foizga ko‘paygan. Iyun oyida esa 156 351 dona (2017-yil iyunda 141 090 dona) avtomobil sotilgan, ko‘rsatkich 10,8 foizga oshgan.

Rossiyada barcha eng ko‘p sotilgan yangi avtomobil modellari yetakchi o‘ntaligiga mahalliy ishlab chiqaruvchilar kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют