» » Rahmatullo Nazarov ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori lavozimini egalladi

Rahmatullo Nazarov ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori lavozimini egalladi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida doimiy faoliyat yurituvchi ShHT  Xalq diplomatiyasi markazi ta’sischilarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda markazning Muvofiqlashtiruvchi kengashiga a’zo tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi, deya xabar beradi O‘zA.

Mazkur qo‘mita, Tashqi ishlar, Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Yoshlar ittifoqi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi markaz ta’sischilari sifatida qayd etildi.

Ta’sis yig‘ilishida markaz Nizomi, Muvofiqlashtiruvchi kengash va taftish komissiyasi a’zolarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Markaz direktori lavozimiga Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi Rahmatullo Nazarov nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi.

Tadbir ishtirokchilari qayd etganidek, markazning tashkil etilishi nafaqat mintaqada, balki jahonda millatlararo munosabatlar va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, markaz faoliyatini tashkil etish, uning moliyaviy jihatlari, sohaga mutaxassis kadrlar jalb qilish, xorijiy sheriklar topish masalalari xususida so‘z yuritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют