» » Kanadadagi jazirama qurbonlari soni 54 nafarga yetdi

Kanadadagi jazirama qurbonlari soni 54 nafarga yetdi


Kanadaning Kvebek provinsiyasida kamida 54 kishi so‘nggi 5 kun davomida kuzatilayotgan favqulodda issiq ob-havo qurboni bo‘ldi. Bu haqda CBC’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xususan, Monrealda 28 kishi, Estrida 9 kishi, Morisida 7 kishi, Monterejida 6 kishi hamda Lavrentidi, Lanodye va Laval hududida 3 kishi vafot etgan. Ularning aksariyati yoshi 65 dan oshgan erkaklardir. Ularning avvaldan sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari bo‘lgani aniqlangan.

Sinoptiklarning fikricha, Kvebek provinsiyasida ob-havoning 29 darajagacha issiq bo‘lishi 10-iyulga qadar davom etishi mumkin.

Dastlab, 4-iyul, chorshanba kuni Kanadada kuchli issiq oqibatida 6 kishining vafot etgani xabar qilingan. 5-iyul, payshanba kuni qurbonlar soni 19 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют