» » Shahrisabzda Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini boshladi

Shahrisabzda Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini boshladi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Shahrisabz shahrida tashkil etgan Kasb-hunarga o‘qitish markazi rasman faoliyatini boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markazda ishsiz fuqarolarni metallga ishlov berish va chilangarlik, elektr va elektronika, axborot texnologiyalari, yigiruv va tikuv jarayoni texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) bepul amalga oshiriladi.

Bu yerda yil davomida 480 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish ko‘zda tutilgan. Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 10 oy, bundan markazda o‘qish 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti 4 oy.

Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida ishsizlik nafaqasi beriladi. Bu yerga hujjatlar tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Shahrisabz shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Markaz bitiruvchilari diplomlarini olganlaridan so‘ng mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida faoliyatini davom ettiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют