» » Bunyod Bahrombekov “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori etib tayinlandi

Bunyod Bahrombekov “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori etib tayinlandi


Bunyod Bahrombekov Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktorii etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

U 1986-yilda tug‘ilgan, 2009-yili Milliy universitetni tamomlagan. Mehnat faoliyatini o‘sha yili Hamza (hozirgi Yashnobod) tuman prokuraturasida boshlagan.

2014-yildan Toshkent shahar prokuraturasida, 2015-yildan esa Bosh prokuraturada turli lavozimlarda ishlagan.

U 2018-yildan boshlab Bosh prokuratura Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-iyundagi farmoni bilan tuzilgan bo‘lib, unga shu nomli davlat dasturini moliyalashtirish uchun 800 milliard so‘m ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют