» » O‘zbekistonda internet orqali yer uchastkalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda internet orqali yer uchastkalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi


Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, bundan buyon bo‘sh yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasi doimiy foydalanishga beriladi.

Yer uchastkasining minimal qiymati tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining xulosasida ko‘rsatilgan yer solig‘i yillik stavkasining miqdori va belgilanadigan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlashga doir ishlar qiymatini o‘z ichiga oladi.

Yer uchastkasining minimal qiymati bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narx hisoblanadi.

Auksionlar Internet tarmog‘i orqali o‘tkaziladi. Auksionlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar 30 kun oldin e’lon qilinishi kerak.

Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksionni o‘tkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.

Buyurtmalar elektron ko‘rinishda beriladi va elektron raqamli imzo bilan imzolanadi.

Buyurtmachi buyurtmanomaga zakalat puli to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini ilova qilishi mumkin. Elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli yer uchastkasi minimal qiymatining 20 foizi miqdorida belgilangan.

Auksion unga qo‘yilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda, ish kuni mobaynida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha o‘tkaziladi.

Operatordan auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani olgan paytdan boshlab tuman (shahar) hokimlari 3 kun mobaynida g‘olibga yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish to‘grisida qaror chiqarishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 13:27)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют