» » Eronda 8 nafar IShID jangarisi qatl qilindi

Eronda 8 nafar IShID jangarisi qatl qilindi


Eron rasmiylari 2017-yil Tehronda yuz bergan hujumlarga aloqador 8 nafar IShID jangarisiga nisbatan tayinlangan o‘lim jazosini ijro qildi. Bu haqda Tasnim agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

2017-yil 7-iyun kuni ayollar kiyimidagi 4 kishidan iborat guruh Eron parlamenti binosida o‘t ochgan. Keyinroq hujum qilgan kishilardan biri o‘zini portlatgan. Shuningdek, Imom Xumayniy maqbarasida ayol kishi portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Terakt oqibatida 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. O‘nlab kishilar jarohat olgan.

Eron inqilobiy sudi 13-may kuni IShIDning teraktlarga aloqador 8 nafar jangarisini o‘lim jazosiga hukm qilgan. Eron oliy sudi 11-iyun kuni hukmni tasdiqlagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют