» » “O‘rgimchak odam”, “Temir odam” va “Xalk” kabi komiks qahramonlarni yaratgan Stiv Ditko vafot etdi

“O‘rgimchak odam”, “Temir odam” va “Xalk” kabi komiks qahramonlarni yaratgan Stiv Ditko vafot etdi


Rassom Stiv Ditko 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Hollywood Reporter’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Ditko 29-iyun kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, rassom uning o‘lik holda topilishidan ikki kun avval vafot etgan. Politsiya rassomning o‘limini tasdiqlagan. O‘lim sababi hozircha aniqlanmagan.

Ditko Marvel Comics kompaniyasidagi ishlari bilan tanilgan. Shuningdek, Sten Li bilan hamkorlik ham rassomga mashhurlik olib kelgan. Xususan, Ditko va Li “O‘rgimchak odam”, “Doktor Strenj”, “Temir odam” va “Xalk” obrazlarini yaratgan.

Shuningdek, rassom DC Comics kompaniyasi uchun komikslar yaratish bilan ham shug‘ullangan.

Avvalroq, AQShda Marvel komikslarining boshqa muallifi Sten Li Los-Anjelesda shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют