» » Mark Sukerberg jahonning eng boy odamlari ro‘yxatida Uorren Baffetdan o‘zib ketdi. U endi faqat Jeff Bezos va Bill Geytsdan ortda

Mark Sukerberg jahonning eng boy odamlari ro‘yxatida Uorren Baffetdan o‘zib ketdi. U endi faqat Jeff Bezos va Bill Geytsdan ortda


Facebook’ning asosiy egasi hisoblangan Mark Sukerberg Bloomberg agentligi tomonidan har kuni yangilab turiladigan jahonning eng badavlat odamlari ro‘yxatida investor Uorren Baffetdan o‘zib ketdi.

Meduza’ning yozishicha, Bloomberg Sukerbergning boyligini 81,6 milliard dollarga baholagan — bu Uorren Baffetning boyligidan 373 million dollarga ko‘proq.

Mark Sukerberg endi faqat ikki kishi — Amazon asoschisi Jeff Bezos (boyligi 142 milliard dollar) va Microsoft’ning asosiy egasi Bill Geyts (boyligi 94,2 milliard dollar)dan ortda qolmoqda.

Yil boshidan beri Sukerbergning boyligi 8,8 milliard dollarga ko‘paygan bo‘lsa, Baffetniki 4 milliardga kamaygan.

Sukerberg boyligining ko‘payishi Facebook aksiyalari narxi o‘sgani bilan bog‘liq. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlari Cambridge Analytica kompaniyasiga ixtiyoriga sizib chiqqani bilan bog‘liq mojaro Facebook aksiyalariga bo‘lgan talabga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют