» » Qo‘qon xoni Umarxon va shoira Nodirabegim haqida “Qo‘qon shamoli” nomli film olinadi

Qo‘qon xoni Umarxon va shoira Nodirabegim haqida “Qo‘qon shamoli” nomli film olinadi


“O‘zbekkino” buyurtmasiga asosan prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissor Dilmurod Masaidov “Qo‘qon shamoli” nomli tarixiy filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik boshladi. Bu haqda film prodyuseri jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Bir yil ichida “Dilshoh media” kinostudiyasi “O‘zbekkino” bir necha bor turli janrdagi ssenariylarni taqdim etdi. Va nihoyat, biz taqdim etgan Zebo Qobilovaning “Aybsiz aybdor” deb nomlangan ssenariysi “O‘zbekkino” badiiy kengashi tomonidan ma’qullandi va suratga olishga ruxsat berildi.

Ssenariy Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.

Badiiy kengash ushbu filmni “Qo‘qon shamoli” deya qayta nomlashni tavsiya qildi. “Qo‘qon shamoli” degan nom ssenariy muallifi, film rejissori Dilmurod Masaidov hamda ijodiy jamoamizga ham ma’qul bo‘lgani bois, shu nomga to‘xtaldik.

Bizga bildirilgan ishonchni to‘la oqlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishga harakat qilamiz. O‘sha davrni to‘la ochib beradigan, keng qamrovli tarixiy film suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yubordik.

Mahmud Erkabayev, “Dilshoh media” kinostudiyasi rahbari, prodyuser



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют