» » Pxuket yaqinida cho‘kib ketgan kema qurbonlari soni 60 kishiga yetishi mumkin

Pxuket yaqinida cho‘kib ketgan kema qurbonlari soni 60 kishiga yetishi mumkin


Tailandning Pxuket oroli yaqinida halokatga uchragan The Phoenix kemasi qurbonlari soni 60 kishiga yetishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Malayziyaning The Straits Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha 33 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan, omon qolganlarni topish imkoni kam.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 da dengizga chiqqan kema ko‘p o‘tmay ag‘darilib ketgan. Uning bortida xitoylik 93 nafar, tailandlik 12 nafar sayyoh bo‘lgan.

Shu kuni Pxuket orolidan janubi-g‘arbda bortida 39 kishi bo‘lgan kema ham cho‘kib ketgani xabar qilingan edi. Uning barcha yo‘lovchilarini eson-omon qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют