» » O‘rmon yong‘inlari sabab Kaliforniyada favqulodda holat e’lon qilindi

O‘rmon yong‘inlari sabab Kaliforniyada favqulodda holat e’lon qilindi


Kaliforniya gubernatori Jerri Braun o‘rmon yong‘inlari sabab shtatda favqulodda holat tartibini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inlar fuqarolarga favqulodda xavf keltirib chiqarmoqda.

Alanga 5-iyul kuni Kaliforniya va Oregon shtatlari chegarasida kelib chiqib, keyinchalik shtat hududiga tez yoyilib ketdi. Yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha bino vayron bo‘lgan. 1,5 mingga yaqin aholiga xavfsiz hududlarga ko‘chib o‘tish tavsiya etilgan.

Kaliforniyada 2017-yil oktabrida kuzatilgan yong‘inlar oqibatida 40 kishi halok bo‘lib, bir necha ming imoratlar vayron bo‘lgandi. O‘shanda yong‘inlardan ko‘rilgan zarar 1 milliard dollarga baholangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют