» » Ijtimoiy so‘rov Fransiya prezidenti saylovi birinchi turida Marin Le Pen g‘olib chiqishini ko‘rsatdi

Ijtimoiy so‘rov Fransiya prezidenti saylovi birinchi turida Marin Le Pen g‘olib chiqishini ko‘rsatdi


OpinionWay kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Penning Fransiya prezidentligi uchun saylovda g‘olib chiqish imkoniyati oshgan, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

So‘rov natijalariga ko‘ra, saylovning birinchi turida Le Pen xonim 26 foiz oladi. Ikkinchi o‘rinni 22 foiz ovoz bilan Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron egallaydi, sobiq bosh vazir Fransua Fiyon esa uchinchi bo‘ladi (21 foiz).

Saylovning ikkinchi turida esa Emmanuel Makron g‘olib chiqadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 63 foizi Makronga ovoz beradi, 37 foizi esa Marin Le Penni tanlaydi.

Agar “Milliy front” yetakchisining raqibi Makron emas, balki Fransua Fiyon bo‘lib chiqsa ham, xonim baribir mag‘lub bo‘ladi — so‘rov natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 58 foizi Fiyonga, 42 foizi Le Penga ovoz beradi.

Ma’lumot uchun, Fransiya prezidentligi uchun saylovning birinchi turi 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Agar unda nomzodlarning hech biri ko‘pchilikning ovozini qo‘lga kirita olmasa, 7-may kuni eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida ikkinchi tur saylovlari o‘tkaziladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют