» » AQShning Toshkentdagi elchixonasi 2017-yilda 11 mingdan ziyod viza berdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi 2017-yilda 11 mingdan ziyod viza berdi


AQShning Toshkentdagi elchixonasi 2017-yili umumiy hisobda 11 125 dona viza taqdim etdi. Bu haqda, AQSh Davlat departamentida e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslanib, Spot xabar bermoqda.

Bunda B1/B2 kategoriyasiga mansub vizalar — sayohat va qisqa muddatli ishchi tashriflar uchun mo‘ljallangan ruxsatnomalar ham hisobga olingan. Ularsiz esa berilgan vizalar soni sezilarli kamayadi — 3 968 dona. Yana 31 ta viza esa qayta rasmiylashtirilgan.

Elchixona 2016-yili umumiy hisobda 9 290 dona viza bergan. B1/B2 kategoriya vizalari hisobga olinmasa — 3 237 dona, yana 37 viza qayta rasmiylashtirilgan.

Taqqoslash uchun, AQShning Olmaotadagi Bosh konsulligi va Ostonadagi elchixonasi 2017-yili 18 mingdan ziyod viza bergan. Turkmanistonda 1,5 ming, Tojikistonda 1,8 ming, Qirg‘izistonda esa 2,9 ming viza berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют