» » Xitoyliklar devorga tirmashib chiqib, panjaraga bo‘yni bilan osilib qolgan bolani qutqarib oldi

Xitoyliklar devorga tirmashib chiqib, panjaraga bo‘yni bilan osilib qolgan bolani qutqarib oldi


Xitoyda uyida yolg‘iz qolgan yosh bola qandaydir yo‘l bilan deraza panjarasidan chiqib oldi, ammo boshi tiqilib qolib, bo‘yni bilan osilib qoldi, deb yozadi “Vesti.ru”. Buni maktabdan qaytayotgan farzandlarini kutib olayotgan ikki erkak ko‘rib qoldi.

Ular shitob bilan devorga tirmashib chiqdi, ulardan biri bola oyog‘ini tutib turib, bo‘ynini og‘irlikdan xoli qilishga urindi.

So‘ng qutqaruvchilar yetib kelib, bolani xonadon ichkarisidan tortib oldi. U mo‘jiza tufayligina jabr ko‘rmadi. Agar uning boshi kichikroq bo‘lganida, bola yerga tushib ketgan bo‘lardi. Uning ota-onasi qayerda bo‘lgani noma’lum.

Bola bo‘yni bilan 15 daqiqacha osilib turgan. Buni ko‘rgan qo‘shnilar xonadonga kirishga uringan, ammo u ichkaridan qulflangan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют