» » Kim Chen In birinchi marta Pxenyanda Pompeoni qabul qilmadi

Kim Chen In birinchi marta Pxenyanda Pompeoni qabul qilmadi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoni uning Pxenyanga rasmiy tashrifi chog‘ida qabul qilmadi, deb yozadi “KP.ru”. Amerika tashqi siyosiy idorasi rahbari Koreya Mehnat partiyasining yagona front bo‘lim mudiri Kim Yon Chxol bilan muzokaralar olib bordi.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Shimoliy Koreya vakillari bilan “muhokama qilinayotgan har bitta masala bo‘yicha progress”ga erishishga muvaffaq bo‘lingan. Shuningdek, u jurnalistlarni ishontirishicha, Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Singapurdagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarga sodiqlikni saqlab qolmoqda.

Davlat kotibi tomonlar bu yo‘nalishda ishlashni davom ettirishga kelishib olganini aytdi. Chunonchi, 12-iyulda KXDR va Janubiy Koreya chegarasidagi qurolsizlantirilgan hududda joylashgan Pxanmunjom chegara punktida Pentagon vakillari ishtirokida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda 1950—1953-yillardagi Koreya urushi davrida halok bo‘lgan amerikalik harbiy xizmatchilarning jasadlarini topshirish masalasi muhokama qilinadi.

Bu Maykl Pompeoning Pxenyanga uchinchi tashrifi. Bungacha u KXDR yetakchisi bilan ikki marta shaxsan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют