» » O‘zbekistonlik o‘quvchilar Bolgariyada o‘tkazilgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Bolgariyada o‘tkazilgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi


Bolgariyaning Burgas shahrida 1—6-iyul kunlari o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Maktab o‘quvchilarining Xalqaro matematika musobaqasi (International Mathematics Competition) dunyoning iqtidorli o‘quvchilari uchun eng katta va muhim forum hisoblanib, har yili iyul oyida o‘tkaziladigan musobaqada dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan 600 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro bellashadi.

Mazkur nufuzli musobaqada beshinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ishtiroki tarixida ilk marotaba umumjamoa hisobida eng ko‘p medalni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev va Peshku tumanidagi 18-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyev kumush medal, Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 7-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyev, Uchtepa tumanidagi 4-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Muhammadrizo Majidov bronza medalga sazovor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют