» » Toshkentda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Toshkentda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida 7-iyul kuni “Turkiston” san’at saroyida Toshkent garnizonida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan “Oila — jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar oilalarining mustahkamligini ta’minlash, oilalarda uchraydigan ijtimoiy-maishiy muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qildi.

Davra suhbatida ishtirok etgan mudofaa vazirining harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassisi, psixolog Feruza Akramova, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Shayx Abdulaziz Mansur, Psixologiya Assotsiatsiyasi mutaxassisi, psixolog Shoira Isakova “Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga ta’sir qiluvchi omillar” hamda “Islomda ayolning oiladagi o‘rni, oilada er-xotin munosabatlari” mavzularida ishtirokchilarga ma’ruza berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi tomonidan tadbir mavzusiga doir videofilm ham namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют