» » Qishloq xo‘jaligida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Koreya forumi tashkil etildi

Qishloq xo‘jaligida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Koreya forumi tashkil etildi


Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi davomida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Koreya forumi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sohasi vakillari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Unda mamlakatlarning agrar sohadagi siyosati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va hududlar kesimida taqsimlash, O‘zbekistonda o‘simlik va hayvonlar karantini tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda koreyalik ishbilarmonlarga mamlakatda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, eksport uchun yaratilgan qulaylik haqida ma’lumot berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti instituti qoshidagi xalqaro aloqalar markazi direktori Li De Sob mamlakatda yetishtirilgan mevalar o‘zining mazasi, totliligi bilan ajralib turishini ta’kidlar ekan, o‘zbekistonlik ishbilarmonlar uchun Koreya bozorlarida raqobatlashish imkonini yuqori baholadi. Birgina misol. AQShdan Koreya bozoriga eksport qilinadigan bir kilogramm gilos o‘rtacha 9,9 dollarni, Yangi Zelandiyadan keltirilgan gilos narxi esa 12,5 dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonlik dehqonlar yetishtirgan ushbu mahsulot Koreya bozorlarida 4,2 dollar baholanmoqda.

Uchrashuvda Koreya tomoni mahsulotning narx qiymati zanjirini yaratish maqsadida ekinlarni parvarishlash, karantin, ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiyalash, urug‘chilik, transport-logistika yo‘nalishlari, xorijiy hamkorlar ko‘magida savdo tarmog‘ini yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют