» » TIVda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar muhokama qilindi

TIVda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar muhokama qilindi


7-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Asadov TIVda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda TIV markaziy devonining tuzilmaviy bo‘linmalari, shuningdek, videoaloqa orqali xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyevning xorij sarmoyalarini jalb qilish va o‘zlashtirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar ishi samaradorligiga bergan tanqidiy bahosi hamda Vazirlar Mahkamasining 26-iyundagi 478-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylarda ijro hokimiyati organlari rahbarlarining faol investitsion siyosatni amalga oshirishdagi mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyati haqida majlis ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, xorij investitsiyalarini, avvalo xorijning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilish O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining muhim va ustuvor vazifasidir.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti bildirgan kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlarni so‘zsiz hal etish yo‘llari va usullari yuzasidan ochiqdan ochiq fikr almashildi. Shuningdek, mamlakatning biriktirilgan mintaqalari va iqtisod tarmoqlari bilan samarali ishlarni faollashtirish topshig‘i berildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 3-iyuldagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq xorijiy investorlarning investitsion takliflarini ochiq muhokama qilishning yagona maydonchasi ko‘rinishida tadbirkorlik subyektlarining davlat boshqaruvi organlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti mexanizmini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют