» » Twitter o‘zining xitoycha muqobilidan ko‘ra arzon bo‘lib qoldi

Twitter o‘zining xitoycha muqobilidan ko‘ra arzon bo‘lib qoldi


Chorak hisoboti qoniqarsiz chiqqanidan so‘ng, Twitter’ning aksiyalari narxi pastlashda davom etdi, natijada Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i narx borasida Amerikadagi muqobilidan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

“Kommersant”ning yozishicha, hozirgi vaqtda Weibo’ning bozor qiymati 11,3 milliard dollarga baholanmoqda. Bu Twitter’ning joriy narxidan 200 million dollarga ko‘p.

Twitter moddiy zarar ko‘rib, foydalanuvchilardan ayrilayotgan bir vaqtda, Weibo’dagi holat mutlaqo teskari — Xitoy mikrobloglar xizmatiga mamlakatda talab sezilarli darajada yuqori.

Eslatib o‘tamiz, daromad o‘sishi sur’atlari keskin sustlashganidan so‘ng, Twitter 2016-yilning oktabrida xodimlari sonini 9 foizga qisqartirishini e’lon qilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют