» » Toshkentda piyodaning umriga zomin bo‘lib, qochib ketgan Spark haydovchisi qidirilmoqda

Toshkentda piyodaning umriga zomin bo‘lib, qochib ketgan Spark haydovchisi qidirilmoqda


2018-yilning 1-iyul kuni soat 01:30 atrofida Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Olmazor tumani hududida, Harbiy-texnika instituti atrofida yo‘l- transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Noma’lum haydovchi yorqin rangli Spark rusumli avtomobilda belgilanmagan joydan o‘tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. YTH oqibatida og‘ir tan jarohatini olgan 1961-yilda tug‘ilgan B.Otaboyev voqea joyida halok bo‘ldi.

Ushbu voqeaga guvoh yoki ma’lumotga ega bo‘lganlar, hodisa tasviri videoregistratorda saqlanib qolgan fuqarolardan zudlik bilan Toshkent shahar IIBB YHXB qidiruv bo‘limi bilan bog‘lanish yoki 102 telefon raqamiga xabar berish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют