» » Toshkentda abituriyentlarni tayyorlashdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkentda abituriyentlarni tayyorlashdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi


“Abituriyent” gazetasining birinchi soni chiqqaniga 10 yil to‘lgani munosabati bilan, nashr tahririyati tashabbusi ostida, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va abituriyentlar tayyorlash sohasi mutaxassislari ishtirokida konferensiya tashkil etildi.

“Abituriyent”: kecha, bugun va ertaga” deb nomlangan tadbir nafaqat gazetaning 10 yillikdagi faoliyatini sarhisob qilish hamda kelajakka rejalar tuzish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan taqdim etiladigan fikr-mulohazalar va ekspert xulosalarini o‘rganish, balki O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga abituriyentlarni tayyorlash sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama etish imkonini berdi.

“O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi sohasi mutaxassislari, O‘zbekistonning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan o‘quv markazlari, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlar, jurnalistlar va OAV vakillarining faol ishtiroki tadbir muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi”, — deyiladi tadbir tashkilotchilari xabarnomasida.

Zamonaviy baholash texnologiyalari, abituriyentlar bilimini aniqlash bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish, muqobil testlar tuzish va ularni yechish bo‘yicha abituriyentlarda ko‘nikmalarni rivojlantirish, bularda matbuotning o‘rni kabi masalalar davra suhbatining kun tartibidan o‘rin oldi.

Shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda abituriyentlarning OTMlarga kirish imtihonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rishlariga imkon yaratish, bu yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalar haqida ham fikr yuritildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют