» » Jizzaxda uyning yo‘lagida avj olgan yong‘in vaqtida bartaraf etildi

Jizzaxda uyning yo‘lagida avj olgan yong‘in vaqtida bartaraf etildi


6-iyul, juma kuni soat 15:52 da Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga Jizzax shahar Ittifoq mahallasi 17-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, uyning 4-yo‘lagida noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilgan 1 dona divan hamda taxta bo‘laklari yonib ketgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Yong‘in natijasida ko‘p miqdorda tutun ajralib, yo‘lak butunlay tutun ichida qolgan, shu sababli yo‘lakdagi xonadonlarda yashovchilar tashqariga chiqa olmagan. Bundan tashqari, bir qancha xonadonlarning eshiklari ochiq bo‘lganligi sababli ular ham tutun ichida qolgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yuborilgan. Ular soat 16:01 da yetib borib, soat 16:03 da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan. Tutun ichida qolgan xonadonlardan fuqarolar qutqarilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in natijasida jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют