» » Serbiya bosh vaziri: Mamlakatimiz “muhojirlar uchun turargoh” bo‘lishini istamaydi

Serbiya bosh vaziri: Mamlakatimiz “muhojirlar uchun turargoh” bo‘lishini istamaydi


Serbiya Yevropa Ittifoqiga intilayotgan “muhojirlar uchun turargoh” bo‘lishni xohlamaydi. Bu haqda Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurts bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi bir mamlakatlardan farqli o‘laroq, Serbiya muhojirlar masalasida o‘zi bergan va’dalarni har doim bajargan. Bosh vazirning qayd etishicha, uning mamlakati muhojirlarga nisbatan hech qachon zo‘ravonlik qilmagan, biroq, ayni vaqtda, bu muhojirlar uchun “turargoh” bo‘lib qolishni istamaydi.

Vuchich ko‘mak uchun avstriyalik vazirga minnatdorchilik bildirib, Kosovo mustaqilligini tan olish masalasini istisno qilganda, ikki mamlakat o‘rtasida kelishmovchiliklar yo‘qligini alohida qayd etib o‘tdi.

Avvalroq Vengriya o‘zini muhojirlardan muhofaza qilish uchun ikkinchi devorni qurish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют