» » O‘zbekiston yo‘llarida bir haftada 144 YTH yuz berdi, oqibatda 132 fuqaro jarohatlandi

O‘zbekiston yo‘llarida bir haftada 144 YTH yuz berdi, oqibatda 132 fuqaro jarohatlandi


Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan haftada O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida jami 144 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida 7-iyul kuni efirga uzatilgan “Tezkor xabarlar” dasturida ma’lum qilindi.

Ushbu YTHlar oqibatida 132 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Hodisa qurbonlari haqida ma’lumot berilmadi.

Qayd etishlaricha, hafta davomida yo‘l-patrul inspektorlari tomonidan jami 74 844 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Jumladan, 1 297 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 11 818 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzganligi uchun to‘xtatilgan va ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, harakat vaqtida telefondan foydalangan 918 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 14 253 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют