» » Farg‘onada qariyb 15 kilometr uzunlikda “Yosh tadbirkorlar ko‘chasi” va “HUB MEHNAT” kovorking markazi tashkil etiladi

Farg‘onada qariyb 15 kilometr uzunlikda “Yosh tadbirkorlar ko‘chasi” va “HUB MEHNAT” kovorking markazi tashkil etiladi


Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida “Yoshlar—kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish boshlandi. Ushbu dastur doirasida Rishton tumanidagi qariyb 15 kilometr uzunlikdagi markaziy yo‘l “Yosh tadbirkorlar ko‘chasi”ga aylantirilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

“Yosh tadbirkorlar ko‘chasi”ning ikki chetidan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, hunarmandlik va savdo sohasida ish boshlash istagini bildirgan 500 nafarga yaqin yosh tadbirkorlar uchun joy ajratiladi. Shuningdek, “Yoshlar mehnat guzari” va “HUB MEHNAT” kovorking-markazi tashkil etiladi.

Yoshlar ittifoqi Rishton tuman kengashidan olingan ma’lumotga ko‘ra, “Har bir fermerga — bir yosh” loyihasi bo‘yicha 314 nafar fermerga 282 nafar yoshlar shartnoma asosida biriktirildi hamda ularga 0,5 gektardan yer maydoni berildi. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi bo‘yicha 240 nafar yoshlarga yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit ajratilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют