» » 10—11-iyul kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo

10—11-iyul kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo


10—11-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5—7 daraja yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 40—43 darajagacha issiq bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44—45 darajagacha isiydi, garmselshamoli esishi mumkin.

10—11-iyul kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li tumanlari bo‘ylab Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan sel toshqinlari o‘tishi mumkin.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25—27, kunduzi 41—43 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24—29, kunduzi 38—43 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25—30, kunduzi 40—45 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24—29, kunduzi 38—43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25—30, kunduzi 40—45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22—27, kunduzi 37—42 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18—23, kunduzi 28—33 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют