» » “Malika” savdo majmuasida pichoqbozlik ro‘y berdi (video)

“Malika” savdo majmuasida pichoqbozlik ro‘y berdi (video)


8-iyul kuni Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasida pichoqbozlik ro‘y berdi. Voqea videosi internetda tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB voqea yuzasidan bayonot berdi.

Kecha, 8-iyul kuni, soat taxminan 17:30 da Shayxontohur tumani “Malika” savdo majmuasi hududida sotuvchi, 1988-yilda tug‘ilgan N.A. hamda xaridor, 1989-yilda tavallud topgan A.Sh. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Natijada muqaddam sudlangan A.Sh. sotuvchining ko‘krak qismiga tan jarohati yetkazadi va o‘zining Nexia avtomashinasida voqea joyidan qochib ketdi. Jarohat olgan sotuvchiga Yunusobod tumanidagi 7-shahar klinik shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tezkor-surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchining shaxsi va boshqaruvida bo‘lgan avtomobil davlat raqami aniqlandi. Hozirda gumondor qo‘lga olingan.

Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro janjal sotuvchi va uning opasi o‘rtasida kelib chiqqan. Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют