» » Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘aroyib ko‘priklar

Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘aroyib ko‘priklar


Dunyodagi eng katta ko‘priklar Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladi. Eng g‘aroyib ko‘priklar esa sayyohlarning fotosessiya o‘tkazadigan sevimli joyiga aylanadi. “AdMe” nashri dunyodagi noodatiy ko‘priklarning fotojamlanmasini taqdim etdi.

Nepaldagi osmako‘prik

Nepalda joylashgan bu inshoot dunyodagi eng xavfli osmako‘priklar qatoriga kiradi. O‘zining joylashgan balandligi va kichik eniga qaramasdan, ko‘prik juda mustahkam hisoblanadi. Osmako‘prik bir nechta aholi punktlarini bog‘lab turadi. Mahalliy aholi ko‘prik orqali uy hayvonlarini olib o‘tadi. Bu ko‘prikning mustahkamligidan dalolat beradi.

Suv ostidagi ko‘prik (Muso ko‘prigi)

Niderlandiyada joylashgan ko‘prikka Qizil dengiz suvini chekintirib, uni kesib o‘tgan Muso payg‘ambar nomi qo‘yilgan. Mo‘jizakor ko‘prik mualliflari yosh arxitektorlar Ro Koster va Ad Kil.

Havo sharli osmako‘prik

Uchta ulkan havo shariga osilgan ko‘prik Angliyadagi Tatton bog‘ida joylashgan. Kompozitsiya “Maymunlar ko‘prigi” deb nomlanadi. Ko‘prik loyihasi muallifi fransuz rassomi Olivye Grossetete. Ko‘prik odamlar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan, u shunchaki san’at namunasi hisoblanadi.

Ildizli ko‘prik

Hindistondagi qishloqlardan birida joylashgan ko‘prik qurilmagan, balki kauchukli fikus daraxti ildizlaridan “o‘sib chiqqan”. Bir necha yuz yil oldin mahalliy qabilalar daraxt ildizlarini kerakli tomonga yo‘naltirib, maxsus inshoot qurishni boshlagan. 500 yildan ortiq vaqt davomida uzunligi uch kilometrdan ortiq bo‘lgan ko‘p sonli ko‘priklar yuzaga kelgan. Tabiiy inshoot 50 kishini ko‘tara oladi va hududga xos bo‘lgan suv toshqinlariga chidamli.

Bulutlar ustidagi ko‘prik

Chiroyli va futuristik uslubda qurilgan Viaduk Miyo Fransiyada joylashgan. Ko‘prik qurilayotgan vaqtda dunyodagi eng baland transport ko‘prigi hisoblangan. Ustunlaridan birining balandligi 341 metr bo‘lib, Eyfel Minorasidan salkam 20 metrga balandroq. Ko‘prikning umumiy uzunligi 2460 metrni tashkil qiladi.

Favvorali ko‘prik

“Kamalak favvorasi” deb ataladigan inshoot dunyodagi eng uzun favvora joylashgan ko‘prik (uzunligi 1140 metr) sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Ko‘prik Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Xanshuy daryosining ikki qirg‘og‘ini bog‘laydi. Ko‘prik 2009-yilda favvorali ko‘prikka aylantirilgan.

Hech qayerga olib bormaydigan ko‘prik

Norvegiyada joylashgan Storsezandet ko‘prigi shunday uslubda qurilganki, unga yaqinlashayotgan kishida ko‘prikka emas, avtomobil bilan birga dengizga tushib ketish mumkin bo‘lgan tramplinga yaqinlashayotgandek hissiyot uyg‘onadi. Mahalliy aholi uni “Mast ko‘prik” deb ataydi, chunki unga qanday burchak ostida qarashga bog‘liq ravishda uning shakli o‘zgaradi.

Osmondagi ko‘prik

Malayziyadagi Langkawi Sky Bridge ko‘prigi dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan. Ko‘prikning uzunligi 125 metrni tashkil qiladi. U bitta ustunga mahkamlangan va qoyalarga mahkamlangan qo‘shimcha metal arqonlar yordamida tutib turiladi

Suv ko‘prigi

Germaniyada joylashgan Magdeburg ko‘prigi ikkita muhim kanalni bog‘lab turadi va Yevropadagi eng katta suv ko‘prigi hisoblanadi. Ko‘prikning uzunligi 918 metr bo‘lib, undan nafaqat odamlar o‘tadi, balki kemalar ham suzib o‘tadi.

Tebranuvchi ko‘prik

Gateshead Millennium Bridge Shimoliy Angliyada joylashgan. Yangi mingyillik sharafiga Tayn daryosi ustida qurilgan ko‘prik Geytsxed va Nyukaslni bog‘lab turadi. U ikkita yoy shaklida bo‘lib, bittasi ikki qirg‘oqni bog‘lab tursa, ikkinchisi ko‘tarilgan holda turadi. Ko‘prik piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan. Ko‘prik ostidan kichikroq kemalar o‘tishi mumkin. Nisbatan kattaroq kema yaqinlashganda, ko‘prikning ko‘tarilgan qismi pastki qismini tortadi va kema ko‘prik ostidan o‘ta oladi, bunda ko‘prik 25 metr balandlikdagi arkni hosil qiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 00:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют