» » Nissan o‘z avtomobillarining chiqindi gazlarini tekshirishda qoida buzilishlari yuz berganini tan oldi

Nissan o‘z avtomobillarining chiqindi gazlarini tekshirishda qoida buzilishlari yuz berganini tan oldi


Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Nissan Motor Co. o‘z xodimlari tomonidan yengil avtomobillarning chiqindi gazlari miqdori va yoqilg‘i sarfi samaradorligi haqidagi ma’lumotlar soxtalashtirlganini tan oldi. Kompaniyada o‘tkazilgan ichki tekshiruv Nissan’ning Yaponiyadagi beshta korxonasida ma’lumotlar soxtalashtirilganini ko‘rsatgan. Gap Yaponiyada sotilgan 900 tadan ortiq yengil avtomobil haqida ketmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Nissan’ning bayonotida xodimlar texnik ko‘rikning so‘nggi bosqichida chiqindi gazlar va avtomobil tejamkorligi ko‘rsatkichlarini o‘lchash natijalari haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirgani qayd etilgan.

Ma’lumotlar Nissan’ning Yaponiyadagi aksariyat zavodlarida 2013-yildan buyon soxtalashtirilgan.

Kompaniya xabariga ko‘ra, yapon bozori uchun ishlab chiqarilgan yana 700 ta avtomobilning sinov muhiti mamlakatda mavjud talablarga mos kelmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют