» » Pepsi Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Lokomotiv”ga yutqazib qo‘ydi, “Bunyodkor” esa “Qizilqum”ni yengdi

Pepsi Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Lokomotiv”ga yutqazib qo‘ydi, “Bunyodkor” esa “Qizilqum”ni yengdi


8-iyul sanasida start olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi bahslarining 16-turi kecha, 9-iyul kuni nihoyasiga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yinida “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Loko”ning gollari Sadriddin Abdullayev, Sardor Rashidov nomiga yozilgan bo‘lsa, qo‘qonliklarning goli esa jamoa to‘purari Murod Xolmuhammedov tomonidan kiritildi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv” 25 ochko bilan 4-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” esa 15 ochko bilan 9-o‘rinda.

Jizzaxda “So‘g‘diyona” Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv taqdiri bekobodliklar hujumchisi Zohid Abdullayev tomonidan 41-daqiqada hal etildi. Bu natijadan keyin “Metallurg” 23 ochko bilan 6-o‘rinni mustahkamlab oldi, “So‘g‘diyona” esa 12 ochko bilan 11-o‘ringa joylashdi.

Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda “Bunyodkor” hamda “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Javlon Ibrohimov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida Filip Rayevats hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa “Bunyodkor” 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Bu g‘alabadan so‘ng “Bunyodkor” 29 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. “Qizilqum” 16 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Pepsi Superliga

16-tur uchrashuvlari

9-iyul, dushanba

Gollar: 0:1—37 Sadriddin Abdullayev, 1:1—59, penalti Murod Xolmuhammedov, 1:2—86 Sardor Rashidov.

Gollar: 0:1—41 Zohid Abdullayev.

Gollar: 1:0—8, penalti Javlon Ibrohimov, 2:0—83 Filip Rayevats



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют