» » Argentinani JCh—2018 1/8 finalidan olib o‘ta olmagan Xorxe Sampaoli termada qoladigan bo‘ldi

Argentinani JCh—2018 1/8 finalidan olib o‘ta olmagan Xorxe Sampaoli termada qoladigan bo‘ldi


Xorxe Sampaoli Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini o‘zida saqlab qoladigan bo‘ldi, deb yozadi “Sports.ru”.

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiya bosh murabbiy bilan uchrashuvidan so‘ng shunday qarorga kelgan. Lionel Messi jamoadoshlari 58 yoshli Sampaoli qo‘l ostida JCh—2018 1/8 final bosqichida Fransiyaga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashgandi.

Argentina terma jamoasi Rossiyada davom etayotgan mundialning ikki o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. Bir uchrashuvda durang o‘ynadi va yana birida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun Sampaolining shartnoma muddati 5 yilga mo‘ljallangan. Lekin Amerika Kubogi—2019 dan keyin murabbiy bilan shartnoma bekor qilinishi mumkin. Agar shartnoma muddatidan avval bekor qilinadigan bo‘lsa, AFA Sampaoliga 8 million dollar tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют