» » Fotogalereya: Mashhur brendlar logotipida tasvirlangan haqiqiy joylar

Fotogalereya: Mashhur brendlar logotipida tasvirlangan haqiqiy joylar


Har qanday brend o‘zining taniqli firma logotipini yaratishga harakat qiladi. Logotiplarda ba’zan kompaniya joylashgan geografik hudud, kompaniya binosi, diqqatga sazovor joylar tasvirlanadi. Bu iste’molchilarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun amalga oshiriladi. AdMe nashri real hayotda mavjud joylar tasvirlangan logotiplar jamlanmasini taqdim etdi.

Walt Disney Pictures, 1985–2006

Noyshvanshtayn — dunyodagi eng chiroyli qal’alardan biri. Qal’a Walt Disney kompaniyasining haqiqiy ramziga aylangan. Parij “Disneylend” bog‘idagi uyqudagi go‘zal inshooti aynan shu qal’a ko‘rinishini olgan va 1985-yilda Walt Disney korporatsiyasining logotipiga aylangan.

Walt Disney Pictures, 2006 – hozirgi vaqtgacha

2006-yilda Walt Disney kompaniyasining logotipi o‘zgartirildi. Yangi qal’a balandroq, chiroyliroq va kattaroq bo‘ldi. Bu rassomlarni ilhomlantirgan “Zolushka” multfilmidagi qal’a. Qiziqarli tomoni shundaki, afsonaga ko‘ra, qal’a “Zolushka”ga tegishli bo‘lmagan. Sharl Perro shu qal’ani “Uyqudagi go‘zal” ertagida tasvirlagan, deb ta’kidlab kelinadi.

Toblerone shokoladi

Toblerone shokoladining logotipi bo‘lgan tog‘ni hech narsa bilan adashtirib bo‘lmaydi. To‘rt burchakli piramidaga o‘xshash Matterxorn Alp tog‘laridagi taniqli cho‘qqilardan biri. Shokoladning noodatiy tishli shakli Matterxornning ko‘p marta kichraytirilgan nusxasi, degan fikr mavjud.

“Washington Capitals” xokkey klubi

Bu yerda Kapitoliyning nima daxli bor dersiz. Poytaxt xokkey jamoasining ramzida an’anaviy ranglardagi yirtqich nigohli burgut tasvirlangan. Agar e’tibor berib qaralsa, ramzning pastki qismida Kapitoliyning gumbazini ko‘rish mumkin. A’lo darajadagi uyg‘unlik va dizaynerlarning go‘zal san’ati.

XXII yozgi Olimpiada o‘yinlari

1980-yilgi Olimpiada o‘yinlari uchun maxsus yaratilgan ramziy logotip. Yugurish yo‘lakchalarini ifodalovchi parallel chiziqlar besh qirrali yulduz bilan tugovchi me’moriy shaklga o‘xshatilgan. Minimallashtirilgan dizaynda Moskvaning xalqaro ramzi Kremlning bir qismi bo‘lgan “Spasskaya” minorasini ko‘rish mumkin.

Cisco Systems

Telekommunikatsiya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi Cisco Systems kompaniyasining logotipida San-Fransisko shahrida joylashgan “Oltin darvoza” ko‘prigi tasvirlangan

Evian

Fransiyada ishlab chiqariladigan Evian mineral suvi Evian-le-Ben shaharchasi sharafiga nomlangan. Shaharcha atrofida bir nechta buloqlar joylashgan. Aynan shu yerda, Jeneva ko‘lining bo‘yida, Alp tog‘lari etaklarida butun dunyoga mashhur suv idishlarga quyiladi. Shubhasiz, logotipda shu tog‘lar tasvirlangan.

“Everton” futbol jamoasi

1930-yillarda “Everton” futbol jamoasining logotipiga kiritilgan shahzoda Rupert minorasi uzoq tarixga ega. XVIII asrda qurilgan minoradan xushyorxona, hatto qamoqxona sifatida ham foydalanilgan. Bugungi kunda Liverpul jamoasining ramzini bu minorasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют