» » Adhamjon Ergashev — og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni!

Adhamjon Ergashev — og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni!


Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Erkaklar o‘rtasida -62 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida bahslarda oltin medallar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiga nasib etdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Yosh atlet Adhamjon Ergashev dast ko‘tarishda 135 kg, siltab ko‘tarishda esa 160 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Umumiy hisobda 295 kg tosh ko‘targan Ergashev har uchchala yo‘nalishda ham oltin medalga ega chiqdi.

Qayd etish lozim, Adhamjon o‘z vaqtida o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni, 2017-yili kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida esa bronza medali sohibiga aylangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют