» » 2018-yili 1,3 ming kishi xorijdan O‘zbekistonga ko‘chib keldi

2018-yili 1,3 ming kishi xorijdan O‘zbekistonga ko‘chib keldi


2018-yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonga 1,3 ming kishi xorijdan ko‘chib kelgan, deya Statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekistondan 6,6 ming kishi xorijga ko‘chib ketgan.

Natijada migratsiya saldosi minus 5,3 ming kishini tashkil qilgan. 2017-yilda bu ko‘rsatkich minus 9,6 ming kishiga teng bo‘lgan. Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent (minus 2,6 ming kishi) va Qashqadaryo (minus 2,1 ming kishi) viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda (minus 1,7 ming kishi) qayd etilgan.

Respublika hududida 82 ming kishi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chgan.

Xorijdan O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 1292 kishini tashkil qilgan. Ularning 31,6 foizi Qozog‘istondan, 30,3 foizi Tojikistondan, 25,2 foizi Rossiyadan, 2,8 foizi Turkmanistondan va 2,4 foizi Qirg‘izistondan ko‘chib kelgan.

Shuningdek, O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni 6568 kishini tashkil qilgan. Ularning  46,9 foizi Rossiyaga, 46,2 foizi Qozog‘istonga, 1,1 foizi AQSHga, 0,7 foizi Tojikistonga va 1 foizi Isroilga ko‘chib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют