» » Xalq deputatlari Chiroqchi Kengashining sessiyasida tumandagi muammolar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Chiroqchi Kengashining sessiyasida tumandagi muammolar muhokama qilindi


Joriy yilning 13-fevral kuni xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining farovon turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar holatini muhokama qildi.

Sessiyada parlament a’zolari tomonidan Chiroqchi tumanidagi tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, sog‘liqni saqlash, ta’lim muassasalari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, huquqni muhofaza qilish idoralari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, tuman aholisi bilan bevosita muloqotlar chog‘ida ko‘tarilgan masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar olib borilgani, natijada iste’mol mollari, hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, kapital qo‘yilmalar hajmi hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda o‘sishga erishilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida yangi loyihalar o‘zlashtirilmoqda.

Sessiyada amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy harakatlar bilan birga tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlarini bajarishda mavjud muammo va kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, tumanda yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilishi bilan bir qatorda, ularga yetarlicha shart-sharoitlarning yaratilmaganligi, moddiy resurslar bilan ta’minlanmaganligi sababli o‘z faoliyatlarini tugatgan. Jumladan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etishda elektr, gaz va suv ta’minotidagi muammolar hamon to‘siq bo‘lmoqda.

Sessiya qatnashchilari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni tubdan qisqartirishda va bu boradagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktika ishlari samaradorligini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining faoliyatini tubdan jonlantirish lozimligini ta’kidladi.

Tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishda maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasi qoniqarsiz ahvolda bo‘lib, mavjud muassasalar binolari ta’mirtalab va moddiy-texnika holati esa talab darajasida emas.

Sessiyada tuman ta’lim muassasalarining ayrimlarida mutaxassis-kadrlarning yetishmasligi, badiiy adabiyotlarning tanqisligi, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasining pastligi ta’kidlab o‘tildi.

Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishi bo‘yicha tumandagi mutasaddi idoralar rahbarlarining ushbu masalaga, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining, ayniqsa qiz bolalarning ish bilan ta’minlanishiga yuzaki qarayotganlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunlarning ijrosini o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan tuman tibbiyot birlashmasi tizimida oliy malakali shifokorlarning yetishmasligi, tibbiyot asbob-uskunalari va jihozlari bilan yetarli daraja ta’minlanmaganligi, qishloq vrachlik punktlarida elektr energiya ta’minotidagi uzilishlar oqibatida tibbiy uskunalarni ishlatish imkoniyatlarining cheklanganligi, tez tibbiy yordam brigadalarining aholi soniga nisbatan yetishmasligi kabi masalalar sessiya ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ldi.

Tumanda tuman elektr tarmoqlari korxonasida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish yetarli darajada emasligi aholi va tadbirkorlarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarni gaz va suv ta’minotida ham kuzatish mumkin.

Sessiya ishtirokchilari tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini takomillashtirish, partiya guruhlari, doimiy komissiyalarning tashabbuskorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarni Kengash yig‘ilishlarida muhokama qilish, deputatlik nazoratini kuchaytirish bugungi kun uchun ayni zarurat ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Sessiyada barcha jabhada qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni, shuningdek, prokuratura, ichki ishlar va boshqa idoralar rahbarlarining xalq oldidagi xisobotlarini eshitish tizimini takomillashtirish lozimligi aytib o‘tildi.

Sessiyada ko‘tarilgan muammolarni tuman, viloyat va respublika miqyosida hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 08:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют