» » Osiyoning sayyohlik manzillari reytingida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

Osiyoning sayyohlik manzillari reytingida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi


Sayyohlik yo‘nalishidagi eng nufuzli va eng ommabop Lonely Planet nashri Osiyoning sayohat qilish uchun mo‘ljallangan eng yaxshi joylari reytingini e’lon qildi, deb yozmoqda UzDaily.

Lonely Planet — turistlar uchun mo‘ljallangan eng ommabop jurnal bo‘lib, yaqindan buyon onlayn-portal sifatida ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Nashrga 1972-yili asos solingan bo‘lib, tahririyat 30 ga yaqin mualliflarni birlashtirgan. Nashr shtab-kvartirasi Avstraliyada joylashgan.

O‘zbekiston bu ro‘yxatga birinchi marta kiritildi. Reytingda O‘zbekiston Janubiy Koreyadan (Pusan shahri) keyin ikkinchi o‘rinni band qilgan. O‘zbekiston ro‘yxatda Vyetnam, Yaponiya, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Xitoy va Indoneziyani ortda qoldirgan.

Lonely Planet’ning yozishicha, O‘zbekiston ko‘p yillar davomida naqshinkor masjid va Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan yodgorliklari bilan turistlar e’tiborini tortib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют