» » O‘zbekistonlik ixtirochi ayollar Janubiy Koreyadagi xalqaro ko‘rgazmada mukofotlarni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik ixtirochi ayollar Janubiy Koreyadagi xalqaro ko‘rgazmada mukofotlarni qo‘lga kiritdi


Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan joriy yilning 28-iyun — 3-iyul kunlari Janubiy Koreyada 11-Xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi — KIWIE 2018 bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari ma’lum qildi.

Xalqaro ko‘rgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda. KIWIE 2018 ko‘rgazmasida 30 dan ziyod davlatdan 500 nafardan ortiq ixtirochi xotin-qizlar texnika, texnologiya, meditsina, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi.

Ko‘rgazmada ishtirok etgan ixtirochi ayollar erishgan natijalarini namoyish qildi. O‘zbekiston olima ayollarining ixtirolari xalqaro ekspertlar tomonidan o‘rganilib, yuqori baholandi.

Jumladan, professor Karima Norqulovaning “Bolg‘achali tegirmon” nomli foydali modeliga patenti oziq-ovqat sanoati yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Karima Norqulovaning “Quritish qurilmasi” ixtirosiga patenti oltin hamda “Tugunaklarni quritish usuli” ixtirosiga patenti kumush medalni qo‘lga kiritdi. Doktor Malohat Ilhamovaning “Bolalar poyabzali uchun profilaktik ich patak” nomli foydali modeliga patenti hamda “Elektr o‘tkazuvchan poyabzal” ixtirosiga patenti kumush medallarni hamda “Qiz bolalar uchun tufli” sanoat namunasiga patenti bronza medalni, professor Paraxat Matyakubovaning “Sochiluvchan moddalarning issiqlik-nam o‘lchagichi” ixtirosiga patenti kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro forum, davra suhbatlari o‘tkazildi. Intellektual mulk sohasidagi lider ayollarning akademiyasida seminar tashkil qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari seminarda ishtirok etishib, ixtirolarni amaliyotga joriy qilish va tijoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib, sertifikatlar qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют