» » Farg‘onada “elektron poliklinika” ish boshladi

Farg‘onada “elektron poliklinika” ish boshladi


Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinika va tuman tibbiyot birlashmasi “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Do‘stlik, Poloson, Beruniy, Yoshlik, Muqimiy, Jonibek va Ibn Sino mahallalarining 20 ming 850 dan ziyod aholisiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadigan mazkur poliklinikani to‘liq ta’mirdan chiqarish uchun 750 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida klinik diagnostika xonalari, laboratoriya, EKG, UZI, markaziy sterilizatsiya, fizioterapiya bo‘limlari, shifokorlar uchun sanitariya me’yorlari talabiga javob beradigan zamonaviy xonalar, 8 o‘rinli kunduzgi shifoxona tashkil etildi. Zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlandi.

Oilaviy poliklinikada markazlashgan ma’lumotlar bazasi, elektron ambulator kartalar va kasallik tarixiga ega tizim faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hududda istiqomat qiluvchi barcha yoshdagi aholi yashash joyi, ularning salomatligi, qachon va qaysi masalada shifokorga murojaat qilgani, kasallik tarixi, tibbiy ko‘rik natijalari, shifokor tomonidan berilgan dorilar retsepti, bolaning emlangani va boshqa turli ma’lumotlarning elektron shakli yaratilmoqda.

Tizim avtomatlashtirilgan holda ro‘yxatga olish, yagona elektron ambulator tibbiy kartani yuritish, aholiga onlayn usulda, ya’ni uydan chiqmasdan yashash joyi bo‘yicha oilaviy poliklinika shifokori qabuliga yozilish, fuqaroga qulay vaqtda tibbiy xizmat olish imkonini berishi bilan afzaldir. Endi bemorlar oilaviy poliklinikaga kelib, navbat kutib vaqtini behuda sarflamaydi. Onlayn tartibda ishlovchi “Elektron poliklinika” avtomatlashgan axborot tizimi orqali qaysi shifokorning qaysi vaqtda ishlashini bilib olishi va elektron ro‘yxatga yozilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют