» » Yaponiyada suv toshqini oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 157 kishiga yetdi

Yaponiyada suv toshqini oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 157 kishiga yetdi


Yaponiya g‘arbidagi suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 157 kishiga yetdi. Bundan tashqari, yana 57 kishi bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilgan. Bu haqda 10-iyul, seshanba kuni NHK telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

O‘tgan hafta oxirida Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy qismlarida kuchli jala yog‘ishi ko‘chki va suv toshqinlariga olib keldi. Ulardan eng ko‘p Xirosima prefekturasi jabrlandi. U yerda 58 kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilindi. Yana 12 ta prefekturada qurbonlar qayd etilgan.

Yaponiya yong‘in boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 ta prefekturaning 10 mingdan ortiq aholisi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan, biroq kuchli jazirama ular uchun yangi muammolarni yaratmoqda.

Hozirda Yaponiyaning 31 prefekturasida 18 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan. 255 mingga yaqin uyda suv ta’minoti izdan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 140 kishidan oshganligi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют