» » O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulda nufuzli jamoatchilik va siyosat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulda nufuzli jamoatchilik va siyosat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi


8—9-iyul kunlari Afg‘onistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Kobul shahrida Afg‘oniston hukumati ijrochi raisi Abdulla Abdulla, Xavfsizlik kengashi rahbari Muhammad Hanif Atmar, Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabbani, Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzay va boshqa nufuzli jamoatchilik va siyosat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvlarda Afg‘onistondagi vaziyat hamda tinchlik jarayoni, mamlakatni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha keng milliy birdamlikka erishish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev tomonidan Kobulda Afg‘onistonning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi va o‘zaro manfaatli loyihalarni tadbiq etish, qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlari hamda O‘zbekiston—Afg‘oniston iqtisodiy kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют